» » JSST koronavirusning global xavfi darajasini “juda yuqori” deb baholadi

JSST koronavirusning global xavfi darajasini “juda yuqori” deb baholadi


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusning global xavfini “juda yuqori” darajaga ko‘tardi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

JSST bosh direktori Tedros Gebreyeses kasallikka qarshi vaksinalarning dastlabkilari bir necha hafta ichida chiqishini ma’lum qildi. “Dunyoda 20 dan ortiq vaksina ishlab chiqilmoqda va bir qator dorilarning klinik tadqiqotlari olib borilmoqda”, — deya qo‘shimcha qildi tashkilot rahbari.

Mavzuga doir: AQSh aprel oxirigacha koronavirusga qarshi vaksinani sinovdan o‘tkazishi mumkin

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoydan tashqarida koronavirus bilan kasallanganlar soni 49 ta mamlakatda 4351 kishiga yetgan, 67 kishi vafot etgan.

Gebreyesusning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi bir kun ichida Xitoyda 329 ta kasallik holati qayd etilgan, bu oyning eng past darajasi bo‘lgan

Xitoyning materik qismida ushbu kasallikka chalinganlar soni 79 mingga yaqinlashdi, 2778 kishi vafot etdi, 36 mingdan ortiq kishi tuzaldi.

Avvalroq JSST rahbari barcha davlatlarni koronavirusning muqarrarligi haqida o‘ylashga chaqirgan edi.

Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasining ma’lum qilishicha, mamlakat bo‘ylab virusni yuqtirib olganlar soni 78 824 kishini tashkil qilib, 32 495 kishi davolanishga muvaffaq bo‘ldi. Koronavirus bilan kasallanish oqibatida vafot etganlar soni 2858 kishiga yetdi.

Mavzuga doir: “Daryo” oqshomi: Xitoy koronavirusi bo‘yicha 28-fevralning asosiy xabarlari

Avvalroq Yevropa ittifoqi koronavirusga qarshi kurashish uchun 232 million yevro ajratishini ma’lum qilgan edi. Tramp administratsiyasi epidemiyaga qarshi kurash uchun davlat budjetidan 1 milliard dollar olmoqchi ekanligi ma’lum bo‘ldi. Xalqaro valyuta jamg‘armasi koronavirus sababli jahon iqtisodiyoti rivojlanishining 2 ta ssenariysini ma’lum qildi

Bundan tashqari, AQSh  koronavirus qayd etilgan Xitoy va boshqa mamlakatlarga 100 million dollar ajratishi ma’lum qilingan edi. Xitoy Moliya vazirligi esa qariyb 3,9 milliard dollar miqdorida mablag‘ ajratdi. Keyinroq esa Xitoy hukumati hozirgacha kasallik tufayli 14,36 milliard dollardan ortiq mablag‘ sarflagani ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, Bill Geyts Xitoyga 5 million dollar ajratdi. Dell, PepsiCo va Microsoft ham yordam berishini ma’lum qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-02-2020, 09:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют