» » “Barselona” ustidan yirik g‘alabaga erishgan “Yuventus” yarim finalga qadam tashladi

“Barselona” ustidan yirik g‘alabaga erishgan “Yuventus” yarim finalga qadam tashladi


Yevropa Chempionlar ligasining chorak finalidan joy olgan “Yuventus” — “Barselona” to‘qnashuvining birinchisi Turin shahrida o‘tib, unda mezbonlar 3:0 hisobida zafar quchdi.

Birinchi bo‘limda argentinalik hujumchi Paulo Dibala dubl qayd etgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda himoyachi Jorjo Kyellini o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

Shu tariqa Massimiliano Allegri boshqaruvidagi “Yuventus” yarim final sari birinchi qadamni tashladi. Ispaniya La ligasining so‘nggi turida mag‘lub bo‘lib, “Real”ga yetib olish imkoniyatini vaqtincha qo‘ldan chiqargan “Barselona” esa javob o‘yini oldidan qiyin ahvolda qoldi.

Ma’lumot uchun, turinliklar avvalgi bosqichda “Portu”ni har ikki o‘yin natijasiga ko‘ra taslim qilgan bo‘lsa, Parijdan 0:4 hisobidagi mag‘lubiyat bilan qaytib kelgan “Barselona” javob o‘yinida o‘zini o‘nglab olgan va 6:1 hisobida zafar quchgandi.

Yevropa Chempionlar ligasi
Chorak final
11-aprel, seshanba

Gollar: Paulo Dibala, 7 (1:0). Paulo Dibala, 22 (2:0). Jorjo Kyellini, 55 (3:0).

Опубликовано: admin (12-04-2017, 06:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют