» » Toshkentda 53 yoshli ayol va uning 2 yoshli nabirasi qidirilmoqda

Toshkentda 53 yoshli ayol va uning 2 yoshli nabirasi qidirilmoqda


Toshkent shahar IIBB Chilonzor tumanida yashovchi 53 yoshli Natalya Derbusheva hamda uning 2 yoshli nabirasi qidirilayotganini ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, ayol 2 yoshli nabirasi Alina Derbusheva bilan 23-fevral soat 17:00 da Chilonzor tuman 17-dahasida joylashgan uyidan sayr qilishga ko‘chaga chiqib ketib qaytib kelmagan.

Ayolning tashqi belgilari: bo‘yi 162 santimetr, sochi qora, ko‘zlari ko‘k. U ko‘k rangdagi kurtka, ko‘k jinsi shim va qora krossovkada bo‘lgan. 2 yoshli Alina esa ko‘k rangdagi sport kiyimi hamda qizil krossovkada bo‘lgan.

Ichki ishlar bosh boshqarmasi toshkentliklar va poytaxt mehmonlaridan Natalya Olegovna va uning nabirasini ko‘rganlar bo‘lsa, 102, 71-232-30-40, 71-232-40-50 telefon raqamlari bo‘yicha murojaat qilishini so‘raydi.

IIBB odam yo‘qolgani haqida 102 raqami orqali xabar qilish kerakligini yana bir marotaba eslatib o‘tgan.

“Qimmatli vaqtingizni ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar yaratishga sarflamang va ichki ishlar idoralari xodimlari bedarak yo‘qolganlik haqida ariza olishi uchun go‘yoki uch kunlik muddat o‘tishini kutib o‘tirmang. Aslo bunday emas”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-02-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют