» » Farg‘onadan Olmaotaga muntazam avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Farg‘onadan Olmaotaga muntazam avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi


Farg‘ona vodiysidan qo‘shni Qozog‘istonga boruvchi yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida transport vazirligi tomonidan Farg‘ona—Olmaota yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yilmoqda.

Transport vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, ushbu yo‘nalish bo‘ylab qatnovlar 2020-yilning 4-martidan boshlanadi. Yo‘nalishning umumiy masofasi 1202 kilometr bo‘lib, harakat vaqti 22 soat-u 20 daqiqani tashkil etadi.

Qatnov “Farg‘ona shahar atrofi” avtoshohbekatidan soat 11:00 da boshlanadi. Chiptalarni “Farg‘ona shahar atrofi” avtoshohbekati va “Sayran” avtovokzallaridan xarid qilish mumkin.

Mazkur yo‘nalishda Uzautotrans Service va “Tulpar-Baykonir” korxonalari yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.

Avvalroq Toshkent—Omsk hamda Toshkent—Moskva —Toshkent yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilishi, Samarqand—Toshkent—Sankt-Peterburg yo‘nalishida doimiy avtobus qatnovi boshlangani xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-02-2020, 13:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют