» » Lushchan boshqaruvida “Bunyodkor” OChL guruh bosqichidan qatorasiga uchinchi marta o‘ta olmadi

Lushchan boshqaruvida “Bunyodkor” OChL guruh bosqichidan qatorasiga uchinchi marta o‘ta olmadi


Toshkentning “Bunyodkor” klubi Chempionlar ligasining guruh bosqichi yakuniga 2 ta tur qolganiga qaramay, undan chiqish imkoniyatlarini to‘la yo‘qotib bo‘ldi.

4-turni Eronda “Zob Ohan” klubiga qarshi o‘tkazgan “qaldirg‘ochlar” 1:2 hisobida yengildi. Tomonlarning Toshkentdagi o‘yini forslarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetgandi.

Shu tariqa “Bunyodkor” qatorasiga uchinchi bor guruh bosqichidan o‘ta olmadi. Ularning barchasida Sergey Lushchan jamoaga ustozlik qilgandi.

Ma’lumot uchun, “Bunyodkor” 2008-yilgi mavsumdan boshlab OChL guruh bosqichida uzluksiz ishtirok etadi va Lushchan murabbiyligiga qadar ularning hammasida guruh o‘yinlarini muvaffaqiyat bilan yakunlay olgan.

Osiyo Chempionlar ligasi
“C” guruhi. 4-tur
11-aprel, seshanba

Gollar: Vohid Muhammadzoda, 5 (1:0). Murtazo Tabrizi, 54 (2:0). Shahzod Nurmatov, 73 (2:1).

Опубликовано: admin (12-04-2017, 07:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют