» » Janubiy Koreyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 2931 kishiga yetdi

Janubiy Koreyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 2931 kishiga yetdi


Janubiy Koreyada yangi turdagi COVID-2019 koronavirusi bilan kasallangan yana 594 ta yangi holat qayd etildi. Shunday qilib mamlakatda virusni yuqtirib olganlarning umumiy soni 2931 kishiga yetdi, yana 3 kishi vafot etdi. Bu haqda Koreya kasalliklar profilaktikasi va nazorati markaziga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Avvalroq Janubiy Koreyada epidemiologiya xavfi to‘rtinchi — “qizil” darajaga ko‘tarilgani, koronavirus tarqalish xavfi yuzasidan mamlakatda safarbarlik e’lon qilingani haqida xabar berilgandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, virusni yuqtirib olganlarning 476 nafari Tegu shahri, yana 60 nafari Kyonsan-Pukto provinsiyasiga, qolganlari mamlakatning turli hududlarida to‘g‘ri kelmoqda.

Koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 16 kishini, davolanishga muvaffaq bo‘lganlar 27 kishini tashkil etmoqda. Shuningdek, 29 154 kishining tahlil natijalari kutilmoqda. Harbiy xizmatchilar orasidan 27 nafarida ham koronavirus aniqlangan.

Qayd etilishicha, Janubiy Koreya hukumati Tegu shahrida virus tarqalishining markaziga aylangan diniy tashkilotdagi yana 250 mingdan ortiq kishini koronavirusga tekshirishni boshlagani sababli yaqin kunlarda mamlakatdagi kasallanish holatlari ortishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Tegu shahrida virus bilan kasallangan 61 yoshli ayol Sinchxonji diniy tashkilotiga kelib, o‘zi bilmagan holda minglab odamlarga uni yuqtirgan edi. Shu sababli Janubiy Koreyani jahondagi uchinchi eng yirik koronavirus o‘chog‘iga aylantirgan ushbu tashkilotni yopish talab etilgan.

Ayni paytda Tegu va Kyonsan-Pukto provinsiyasi maxsus epidemiologik nazorat hududlari deb e’lon qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-02-2020, 14:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют