» » “Hokimiyat vakillarining ‘snos’lar vaqtida fuqarolarga nisbatan hurmatsizliklari, aholi mulkiga tajovuzlari ichki ishlar organlari xodimlarining obro‘siga putur yetkazmoqda”

“Hokimiyat vakillarining ‘snos’lar vaqtida fuqarolarga nisbatan hurmatsizliklari, aholi mulkiga tajovuzlari ichki ishlar organlari xodimlarining obro‘siga putur yetkazmoqda”


So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda ayrim viloyatlarning hokimiyat vakillari tomonidan sug‘oriladigan yerlardagi “noqonuniy” qurilmalarni buzish kabi ishlar avj olayotgani, ushbu jarayonga jamoat tartibini saqlash uchun jalb etilgan ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan fuqarolar va hokimiyat vakillari o‘rtasidagi ziddiyatlarni oldini olish vaqtida yuzaga kelgan nizoli vaziyatlar aks etganvideotasvirlar tarqalayotgani kuzatilmoqda. Surxondaryo viloyatining Oltinsoy, Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanidagi voqealar bunga dalil bo‘la oladi.

Bu esa, Ichki ishlar vazirligi vakillarining qayd etishicha, keng jamoatchilikda aynan ichki ishlar organlari xodimlarining xatti-harakatlariga nisbatan norozilik kayfiyati uyg‘onishiga sabab bo‘lmoqda. Vaholanki, mazkur kelishmovchiliklar asosan hokimiyat vakillarining, ichki ishlar organlari xodimlari borligidan foydalanib, fuqarolarga nisbatan noo‘rin va qo‘pol xatti-harakatlar, hurmatsizlik, o‘z vakolatlaridan chetga chiqish hamda ayrim vaqtlarda aholining mulkiga ochiqdan-ochiq tajovuz qilishlari oqibatida kelib chiqmoqda.

Bu kabi vaziyatlar, Ichki ishlar vazirligining fuqarolar huquq va erkinliklarini, qonuniy manfaatlarini himoya qiluvchi xalqchil tizim yaratish yo‘lidagi sa’y-harakatlarga jiddiy putur yetkazib, ichki ishlar organlariga nisbatan keng jamoatchilikda ishonchsizlik kayfiyatini keltirib chiqarmoqda. Shu sababli, IIVdan “Daryo”ga ma’lum qilishlaricha, hududiy ichki ishlar organlari rahbarlariga hokimiyat va fuqarolarning mulkiy turdagi o‘zaro munosabatlarini hal etish jarayoniga jamoat tartibini saqlash uchun shaxsiy tarkibni jalb etishda quyidagilarga qat’iy amal qilish bo‘yicha ko‘rsatma berildi:

IIV rasmiylarining alohida ta’kidlashicha, ichki ishlar organlari xodimlari “ularning birlamchi vazifasi hokimiyat vakillarining aybi bilan kelib chiqayotgan ziddiyatlar va janjallar oqibatini bartaraf etish emas, balki fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash” ekanligini unutmasliklari lozim.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-02-2020, 15:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют