» » Superligaga qaytgan “Mash’al” o‘z maydonida “So‘g‘diyona”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

Superligaga qaytgan “Mash’al” o‘z maydonida “So‘g‘diyona”ni yirik hisobda mag‘lub etdi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi 1-turidan o‘rin olgan 29-fevral, shanba kuniga belgilangan dastlabki bahs o‘z yakuniga yetdi.

Unda joriy mavsumdan e’tiboran Superligaga qaytgan Muborakning “Mash’al” jamoasi o‘z maydonida “So‘g‘diyona”ni qabul qilib yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Muborakliklar safida gollarga Mo‘min Meliyev, Nikita Pavlenko hamda Najmiddin Normurodovlar mualliflik qildi.

Superliga

1-tur bahslari

29-fevral, shanba

Gollar: 1:0 — 2 Mo‘min Meliyev, 2:0 — 12 Nikita Pavlenko, 3:0 — 90+1 Najmiddin Normurodov.

“Mash’al”: Rahimjon Davronov, Abbos Shodmonov, Najmiddin Normurodov, Samandar Shukurullayev, Jamoliddin Ubaydulloyev, Sirojiddin Kuziyev (Eldor Boymatov, 90+3), Sirojiddin Rahmatullayev, Ifeanyi Ifeanyi (Muhammadali Aliqulov, 90), Sherzod Temirov, Nikita Pavlenko (Jahongirbek Abdusalomov, 87), Mo‘minjon Meliyev,

“So‘g‘diyona”: Milan Mitrovich, Iskandar Shoyqulov (Ivan Nagayev, 46), Elyor Orifov, Ayubxon Nomanov, Sanjar Rashidov, Shohruz Norxonov, Jasur Hasanov, Shavkat Mullajonov, Javohir Qahramonov (San’at Shixov, 26), Elivelto Ribeyro Dantas (Bahodir Nasimov, 26), Marko Kolakovich.

Ogohlantirishlar: Ifeanyi Ifeanyi (6), Nikita Pavlenko (63), Ivan Nagayev (77).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-02-2020, 17:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют