» » Buxoroda mahalliy Kengash deputatlari jiddiy tanqidga uchradi

Buxoroda mahalliy Kengash deputatlari jiddiy tanqidga uchradi


Buxoro viloyati xalq deputatlari Peshku tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida hududda turli sohalarda amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish natijalari muhokama qilindi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Davlat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoatchilik vakillari ishtirokidagi muhokamada tuman o‘z xarajatlarining 30 foizini viloyat budjetidan ajratiladigan subvensiya hisobidan qoplayotgani tanqid qilinib, boqimandalik deb baholandi.

Tuman darajasida hal etilishi lozim bo‘lgan qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish, kredit ajratish, dori vositalari narx-navosi ustidan samarali nazorat o‘rnatish kabi 80 dan ortiq masala yuzasidan tegishli mahalliy davlat organlari, boshqa tashkilotlarga aniq taklif va tavsiyalar berildi.

Sessiyada tuman markaziy shifoxonasi va ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikada tor mutaxassisliklar bo‘yicha xodimlar yetishmasligi, o‘quvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda ham kamchiliklar borligi ta’kidlandi. Ayniqsa, maktablar xorijiy tillar o‘qituvchilari bilan yetarlicha ta’minlanmagani qayd etildi.

Tumanda kommunal to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik masalasini hal etish mexanizmidan samarali foydalanilmayotgani, obodonchilikka yetarli e’tibor berilmayotgani, noqonuniy axlatxonalar paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘yilayotgani, yangi markaziy chiqindixona muammosi hal etilmayotgani qattiq tanqid qilindi.

Tadbirda tegishli idoralar rahbarlarining axborotlari eshitildi. Muammolar yechimini topishda mahalliy Kengash deputatlarida fidoyilik va tashabbuskorlik yetishmasligi jiddiy tanqid ostiga olindi. Sessiyalarda ko‘riladigan masalalar, doimiy komissiyalar, partiya deputatlik guruhlarining faoliyat samaradorligini oshirish, deputatlik nazoratini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (12-04-2017, 07:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют