» » “Tolibon” O‘zbekistonning Afg‘oniston mojarosini hal etishdagi sa’y-harakatlarini e’tirof etdi

“Tolibon” O‘zbekistonning Afg‘oniston mojarosini hal etishdagi sa’y-harakatlarini e’tirof etdi


Qatar poytaxti Dohaga 28-fevral kuni amaliy tashrif bilan kelgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya “Tolibon” harakatining Qatardagi siyosiy vakolatxonasi rahbari mulla Barodar Oxund bilan uchrashdi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining qayd etishicha, uchrashuv davomida Afg‘onistonda barqaror va uzoq muddatli tinchlik o‘rnatish maqsadida tinch siyosiy jarayonni ilgari surish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilingan.

Mulla Barodar Prezident Shavkat Mirziyoyevga Afg‘oniston muammolariga doimiy e’tibor qaratgani uchun minnatdorlik bildirgan.

U O‘zbekistonning sa’y-harakatlari tufayli afg‘on mojarosi yana xalqaro hamjamiyatning diqqat markazida ekanligini e’tirof etgan.

“Tolibon” harakati siyosiy vakolatxonasi rahbari, tarixning murakkab mashaqqatlariga qaramay, O‘zbekiston afg‘on xalqining eng ishonchli do‘sti bo‘lgani va ekanligini ta’kidlagan, bu ayniqsa Afg‘oniston tinchlik va iqtisodiy ko‘makka juda muhtoj bo‘lgan hozirgi vaqtda yaqqol namoyon bo‘lgan.

Shu o‘rinda mulla Barodar O‘zbekistonning Afg‘onistonda tinch siyosiy jarayonni boshlash, mamlakatda turli iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish borasidagi sa’y-harakatlarini alohida ta’kidlagan.

“Bu sa’y-harakatlarning asosiy maqsadi afg‘on xalqining farovonligi va rivojlanishi, Afg‘onistonning tinch va barqaror davlat sifatida taraqqiy etishi ekanligi qayd etildi”, — deyiladi TIV axborotida.

Ma’lumot uchun, 29-fevral kuni Dohada AQSh va “Tolibon” o‘rtasida “tinchlik kelishuvi” imzolandi. Kelishuvni imzolash marosimida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya ham qatnashdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-02-2020, 21:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют