» » Toshkentda 669 mln so‘mlik tibbiy niqoblar yashirilgan ombor aniqlandi

Toshkentda 669 mln so‘mlik tibbiy niqoblar yashirilgan ombor aniqlandi


Toshkentning Mirzo-Ulug‘bek tumanida fuqaro S.X.ga tegishli bo‘lgan xususiy uyda qariyb 669 million so‘mlik tibbiy niqoblarning yashirin ombori topildi, deb xabar berdi Davlat bojxona qo‘mitasi (DBQ) matbuot xizmati.

Qo‘mitaning Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tezkor tadbir davomida uy yerto‘lasida sifati kafolatlanmagan va tegishli sertifikati bo‘lmagan tibbiy niqoblar noqonuniy ravishda saqlanayotganini aniqlagan.

Ma’lum bo‘lishicha, mahsulotlarni chet elda qayta sotish rejasi bo‘lgan. “Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda”, — deyiladi DBQ axborotida.

Ma’lumot uchun, hozirda O‘zbekistonda 15 ta niqob ishlab chiqaruvchi korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Biroq talab keskin ortib ketgani sababli ularning ishlab chiqarish quvvati dorixona tarmoqlari va turli muassasalar talablarini qondira olayotgani yo‘q, deb yozadi “Gazeta.uz”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-02-2020, 21:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют