» » Nargiza Ne’matova Olot tumaniga hokim bo‘ldi. U so‘nggi 10 kunda hokim etib tayinlangan ikkinchi ayol bo‘ldi

Nargiza Ne’matova Olot tumaniga hokim bo‘ldi. U so‘nggi 10 kunda hokim etib tayinlangan ikkinchi ayol bo‘ldi


Nargiza Isomiddinovna Ne’matova Buxoro viloyatining Olot tumaniga hokim etib tayinlandi. Bu haqda Telegram’dagi “Olot va olotliklar” kanali xabar bermoqda.

“Bu amaldagi hokimlarimiz orasidagi ikkinchi ayol kishidir. Asli kasbi shifokor bo‘lgan ushbu kadr haqida yaxshi fikrlar bildiriladi”, — deb yozmoqda @davletovuz.

Avvalroq, 27-fevral kuni @davletovuz kanali Buxoro viloyatining Olot tumani hamda Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumaniga ayol hokimlar tayinlanishi kutilayotgani haqida xabar bergan edi.

Eslatib o‘tamiz, 18-fevral kuni Sirdaryo viloyati xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, senator Dilfuza O‘rolova viloyatning Boyovut tumaniga hokim etib tayinlangan edi. Bu ko‘p yillik tanaffusdan so‘ng u yoki bu hududga ayol kadrning hokim etib tayinlanishi bilan bog‘liq birinchi holat bo‘ldi.

Tuzatish: Xabarning birinchi tahririda yangi hokimning familiyasi Isomiddinova ko‘rinishida xato berilgan edi. Ushbu xatolik uchun mushtariylardan uzr so‘raymiz.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-02-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют