» » Bundesliga. “Bavariya” 77 daqiqa davom etgan o‘yinda 6 ta gol urdi. “Borussiya D” Sanchoning goli evaziga g‘alaba qozondi (video)

Bundesliga. “Bavariya” 77 daqiqa davom etgan o‘yinda 6 ta gol urdi. “Borussiya D” Sanchoning goli evaziga g‘alaba qozondi (video)


Futbol bo‘yicha Germaniya chempionatining 24-turidan o‘rin olgan 29-fevral, shanba kungi bir qator o‘yinlar yakunlandi.

“Bavariya” jamoasi “Hoffenhaym” maydoniga safar qildi va yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Uchrashuvda Filippe Koutinyo dubl qayd etgan bo‘lsa, Serj Gnabri, Yozua Kimmix  va Yozua Zirkzee bir martadan maydon egalari darvozasini ishg‘ol qildi.

Uchrashuvda qiziq holat yuz berdi, 77-daqiqada myunxenlik muxlislar “Hoffenhaym” prezidenti Ditmar Xoppni haqoratlovchi bannerlar namoyish qildi. Natijada hakam futbolchilarni maydondan olib chiqib ketdi. Keyinchalik amydonga qaytgan jamoalar qolgan 13 daqiqani to‘pni shunchaki bir-biriga oshirgan holda o‘tkazdi.

Parallel kechgan bahsda “Borussiya” Dormundda Jeydon Sanchoning yagona goli evaziga “Frayburg”ni yengdi. Myunxengladbaxning “Borussiya”si esa safarda “Augsburg”dan ustun keldi.

Bundesliga

24-tur bahslari

29-fevral, shanba

Gollar: 0:1 – 49 Bensebayni, 0:2 – 53 Shtindl, 1:2 – 57 Leven, 1:3 – 79 Shtindl, 2:3 – 83 Finnbogason.

Gollar: 0:1 – 2 Gnabri, 0:2 – 7 Kimmix, 0:3 – 15 Zirkzee, 0:4 – 33 Koutinyo, 0:5 – 47 Koutinyo, 0:6 – 62 Goretska.

Gollar: 1:0 – 29 Kvayson, 2:0 – 37 Onisivo.

Gol: 1:0 – 15 Sancho.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-02-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 69) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют