» » “O‘zbekistondan suratli nomalar”ning so‘nggi ko‘rsatuvi o‘zbek palovi haqida hikoya qiladi

“O‘zbekistondan suratli nomalar”ning so‘nggi ko‘rsatuvi o‘zbek palovi haqida hikoya qiladi


Joriy haftada Euronews telekanalining “O‘zbekistondan suratli nomalar” (Postcards from Uzbekistan) turkumi palov pishirish san’atiga bag‘ishlangan ko‘rsatuv bilan yakunlanadi. Bu haqda “Jahon” axborot agentligi xabar bermoqda.

Ko‘rsatuv uchun Euronews telekanalining suratga olish guruhi Xo‘jakentning manzarali qishlog‘iga tashrif buyurdi. Mahalliy restoran bosh oshpazi Ixtiyor Nazarov osh tayyorlashning ayrim sirlari bilan o‘rtoqlashdi.

Muxbir Sheymus Kerni bayramlar, muhim tadbirlar, to‘ylar va tug‘ilgan kunlarda, qarindoshlar va do‘stlar davrasida tayyorlanuvchi osh “O‘zbekistondan suratli nomalar” turkumi guruhi bilan xayrlashuv tadbiriga ham mos keluvchi taom ekanligini qayd etdi.

Ma’lumot o‘rnida, “O‘zbekistondan suratli nomalar” turkumi loyihalari 2016-yil yanvar oyidan boshlab efirga uzatila boshlangan. Turkum tarixiy shaharlar, sayyohlik manzilgohlari, o‘zbek xalqining an’ana va udumlari haqida hikoya qiluvchi 23 ko‘rsatuvdan tashkil topdi.

Turkumni yakunlovchi “O‘zbek palovi: ziravorlar mazasi, an’analar nafasi” nomli so‘nggi ko‘rsatuvni quyidagi jadval bo‘yicha tomosha qilish mumkin:

Efir vaqtlari:                                           Toshkent vaqti    

12-aprel, chorshanba                                04:55, 18:18

13-aprel, payshanba                                 14:18, 17:14

14-aprel, juma                                            10:41, 19:20

15-aprel, shanba                                        08:17, 12:14, 16:43

16-aprel, yakshanba                                 05:17, 20:19

Опубликовано: admin (12-04-2017, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют