» » O‘zbekiston hukumatining reglamentiga bosh vazirga daxldor o‘zgartirish kiritiladi

O‘zbekiston hukumatining reglamentiga bosh vazirga daxldor o‘zgartirish kiritiladi


Hukumatning “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi. Loyiha hukumatning 2019-yil 22-martdagi qarori bilan tasdiqlangan Vazirlar Mahkamasi reglamentiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutadi.

7-bandning ikkinchi xatboshisi “davlat boshqaruvi boshqa organlari” degan so‘zlardan keyin “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari” degan so‘zlar bilan to‘ldiriladi. Ya’ni, bosh vazir hukumat oldiga qo‘yilgan maqsadli vazifalarga erishilishini ta’minlash maqsadida vazirliklar, davlat qo‘mitalari va davlat boshqaruvi boshqa organlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini umumiy muvofiqlashtiradi, yuzaga kelgan kelishmovchiliklar bo‘yicha kelishilgan qarorlar qabul qiladi.

33-bandda birinchi xatboshisi “manfaatdor vazirliklar va idoralar” degan so‘zlardan keyin “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari” degan so‘zlar bilan to‘ldiriladi. Ya’ni, ishlab chiquvchi tomonidan tayyorlangan O‘zbekiston Respublikasi prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalari manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari bilan kelishilishi kerak.

Shuningdek, Reglament quyidagi mazmundagi 13-xatboshi bilan to‘ldiriladi: “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan – hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va mahalliy davlat dasturlariga oid loyihalar”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-02-2020, 22:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют