» » RPL. Shomurodov gol urgan o‘yinda “Rostov” durang qayd etdi (video)

RPL. Shomurodov gol urgan o‘yinda “Rostov” durang qayd etdi (video)


Futbol bo‘yicha Rossiya Premyer Ligasining 20-turida “Rostov” 29-fevral, shanba kuni “Axmat” bilan bahs yuritdi.

“Axmat Arena”da bo‘lib o‘tgan o‘yinda jamoalar murosa yo‘lini tanladi. Birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqasida Eldor Shomurodov jamoasining pozitsion hujumini gol bilan yakunladi. Ikkinchi bo‘lim debyutida Odise Roshi penaltini aniq amalga oshirgan holda hisobni tenglashtirdi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.

Valeriy Karpin shogirdlari ochkolarini 35 taga yetkazib olgan holda musobaqa jadvalida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. “Axmat” (20) esa 12-o‘rinda bormoqda.

Turning markaziy uchrashuvida “Zenit” va “Lokomotiv” jamoalari o‘zaro bahs yuritdi. Mazkur bahsda nursiz durang qayd etildi.

RPL

20-tur bahslari

29-fevral, shanba

Gollar: 0:1 – 72 Bikfalvi, 1:1 – 90 Fernandes.

Gollar: 0:1 – 29 Bakayev, 0:2 – 62 Zobnin.

Gollar: 0:1 – 45 Shomurodov, 1:1 – 49, penalti Roshi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-02-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 55) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют