» » Uzbekistan Airways koronavirus sabab Tokio va Rim shaharlariga parvozlarni to‘xtatdi

Uzbekistan Airways koronavirus sabab Tokio va Rim shaharlariga parvozlarni to‘xtatdi


Yaponiya va Italiyada koronavirus avj olishi sababli Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 2020-yilning 1-martidan boshlab Tokio va Rimga bo‘lgan yo‘nalishdagi qatnovlarni vaqtincha to‘xtatdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd qilinishicha, qaror O‘zbekiston hududida virus tarqalishining oldini olish maqsadida qabul qilingan. Shuningdek, kompaniya Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda aviakompaniyaning barcha reyslarida yuqori xavfsizlik choralari joriy etilgani, O‘zbekiston davlat chegarasini kesib o‘tuvchi shaxslar sanitariya-karantin tadbirlari va tibbiy-sanitariya nazoratlaridan o‘tkazilayotganligi haqida ma’lum qilgan.

Mavzuga doir: Uzbekistan Airways Seulga parvozlarni vaqtincha to‘xtatadi

Ma’lumot uchun, Italiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 800 nafardan oshib, vafot etgan bemorlar soni 21 nafarga yetgan.

Avvalroq milliy aviakompaniya 1-martdan boshlab Janubiy Koreyada koronavirus avj olishi sababli Seulga bo‘lgan qatnovlarni vaqtincha to‘xtatib turgani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2020, 08:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют