» » Toshkentga Janubiy Koreyadagi o‘zbekistonliklarning ilk guruhi evakuatsiya qilindi

Toshkentga Janubiy Koreyadagi o‘zbekistonliklarning ilk guruhi evakuatsiya qilindi


Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY514 reysi Seuldan Toshkentga 1-mart kuni, Toshkent vaqti bilan soat 02:40 da Janubiy Koreyadagi O‘zbekiston fuqarolarining ilk guruhini evakuatsiya qildi. Bu haqda “Daryo”ga Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi rahbari Furqat Sanayev ma’lum qilgan.

Charter reys orqali kelgan jami 253 yo‘lovchi Sog‘liqni saqlash vazirligi Virusologiya ilmiy tekshirish institutining yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassis va epidemiolog-shifokorlari dastlabki tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.

Ma’lum qilinishicha, Seuldan olib kelinganlardan 182 nafari O‘zbekiston fuqarosi, 71 nafari xorijiy mamlakatlar fuqarosidir. Xorijiy fuqarolardan 49 nafari evakutsiya doirasida olib kelingan, 22 nafari esa tranzit yo‘lovchilardir.

Yo‘lovchilarning 231 nafari (182 o‘zbekistonlik va 49 nafari xorijiy davlat fuqarosi) maxsus tayyorlangan tibbiyot muassasasiga joylashtiriladi va ikki hafta davomida karantinda saqlanadi. 22 nafar tranzit yo‘lovchi esa belgilangan tartibda izolyatsiya qilinib, keyinroq Uzbekistan Airways aviakompaniyasi reysi orqali o‘z mamlakatiga uchib ketadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2020, 08:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют