» » Angrenda 22 yoshli qizning telefon va 500 ming pulini olib qochgan bosqinchi qo‘lga olindi

Angrenda 22 yoshli qizning telefon va 500 ming pulini olib qochgan bosqinchi qo‘lga olindi


Toshkent viloyati, Angren shahar “Oxunboboyev” istirohat bog‘ida yonida uyiga qaytayotgan 22 yoshli ayolni urib, telefoni va 500 ming pulini olib qochgan bosqinchi qo‘lga olindi. Bu haqda Tergov departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

Voqea, 9-fevral kuni soat taxminan 16:10 larda sodir bo‘lgan. Noma’lum shaxs istirohat bog‘ida yonidan uyiga qaytayotgan 22 yoshli N.S.ni qo‘li va oyoqlari bilan bir necha marotaba urib, 500 ming so‘m pul va Xiaomi telefonini bosqinchilik qilib olib, hodisa joyidan yashiringan. N.S. olgan tan jarohatlari oqibatida tibbiy muassasaga murojaat qilgan.

Tezkor qidiruv natijasida jinoyatni N.S. bilan birga yashagan 26 yoshli M.B. sodir qilgani aniqlanib, jinoyatchi ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Angren shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 1-qismi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov jarayonida M.B.ga nisbatan ayblov e’lon qilingan va unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Avvalroq, Samarqanda Captiva’da qo‘y o‘g‘irlagan erkak qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2020, 13:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют