» » Buxoroda ikki erkak bir ayolni “biznes qilamiz” deb 13,8 million so‘mga aldab ketdi

Buxoroda ikki erkak bir ayolni “biznes qilamiz” deb 13,8 million so‘mga aldab ketdi


Buxoro viloyatida ikki erkak bir ayolning ishonchiga kirib, biznes qilish sharti bilan 13,8 million so‘m pulini olib, qaytarmasdan kelgani yuzasidan tuman Tergov bo‘limi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “b” bandi (bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘adi.

Tergov departamentining axborot xizmati xabar berishicha, 25-fevral kuni Peshku tumani IIBsiga 42 yoshli L.G. ariza bilan murojaat qilib, Jondor tumanida yashovchi 33 yoshli A.S. va 41 yoshli M.J.lar birgalikda biznes qilish sharti bilan ayolning pullarini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan. L.G. ma’lum qilinishicha, shu kunga qadar fuqarolar bergan va’dasini bajarmay, pullarni qaytarmasdan kelgan.

“Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda”, – deyiladi Tergov departamenti xabarida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют