» » TIV Janubiy Koreyadagi o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun har hafta bir reys amalga oshirishini ma’lum qildi

TIV Janubiy Koreyadagi o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun har hafta bir reys amalga oshirishini ma’lum qildi


Tashqi ishlar vazirligi Janubiy Koreyada bo‘lib turgan va ushbu davlatga borishni rejalashtirayotgan o‘zbekistonliklarga murojaat qilib, koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida O‘zbekiston Transport vazirligi Janubiy Koreya aviatsiya idoralari 1-martdan boshlab ikki mamlakat o‘rtasidagi aviaqatnovlarni vaqtinchalik to‘xtatishini ma’lum qildi.

Vazirlikka ko‘ra, O‘zbekiston—Janubiy Koreya respublikasi o‘rtasida aviaqatnovlar soni haftasiga 1 ta reysgacha qisqartiriladi. Qayd etilishicha, O‘zbekistonga Janubiy Koreyadan kelgan har bir yo‘lovchi 14 kun davomida karantinga joylashtiriladi.

Avvalroq, Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 1-mart kuni Seuldan Toshkentga Janubiy Koreyadagi O‘zbekiston fuqarolarining ilk guruhi qabul qilgani haqida xabar berilgandi. Milliy aviakompaniya 1-martdan boshlab Janubiy Koreyada koronavirus avj olishi sababli Seulga bo‘lgan qatnovlarni vaqtincha to‘xtatib turgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Uzbekistan Airways Yaponiya va Italiyada koronavirus avj olishi sababli Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 2020-yilning 1-martidan boshlab Tokio va Rimga bo‘lgan yo‘nalishdagi qatnovlarni vaqtincha to‘xtatgani ma’lum qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 63) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют