» » Sudan teraktlardan xavfsirab, 18 dan 50 yoshgacha bo‘lgan misrliklar uchun vizalar joriy qildi

Sudan teraktlardan xavfsirab, 18 dan 50 yoshgacha bo‘lgan misrliklar uchun vizalar joriy qildi


Sudan ichki ishlar vaziri Ibrohim Gandur mamlakatga tashrif buyuradigan 18 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan misrliklar uchun vizalar joriy qilinishini terrorizmdan himoyalanishga intilish bilan izohladi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.

Sudan IIV shu hafta mamlakatga kiruvchi 18 dan 50 yoshgacha bo‘lgan Misr fuqarolariga mamlakat elchixonalari va konsulxonalarida kirish vizasini olish majburiyatini yukladi.

“Bu qaror terrorchilarni mamlakatga qo‘ymaslik imkonini beradi. U Misr tomoni bilan maslahatlashuvlar doirasida qabul qilindi”, — dedi vazir gaplaridan iqtibos keltirdi Al-Shuruk telekanali.

2004-yilda mamlakatlar “To‘rtta erkinlik to‘g‘risida” bitim imzolagan edi, unga ko‘ra, ikki mamlakat fuqarolarining ko‘chib yurishiga qo‘yilgan barcha cheklovlar bekor qilingan edi. Sudan hukumati aniqlik kiritishicha, vizalarni joriy qilish qarori bitimni buzmaydi.

Gandur, shuningdek, kelasi hafta Sudanga Misr tashqi ishlar vaziri Samih Shukriy tashrif buyurishi rejalashtirilganini ma’lum qildi.

Опубликовано: admin (12-04-2017, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют