» » APL. “Manchester Yunayted” Liverpulda ochko yo‘qotdi, “Tottenhem” esa “bo‘rilar”ga taslim bo‘ldi (video)

APL. “Manchester Yunayted” Liverpulda ochko yo‘qotdi, “Tottenhem” esa “bo‘rilar”ga taslim bo‘ldi (video)


Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 28-turidan o‘rin olgan 1-mart, yakshanba kunidagi uchrashuvlar yakunlandi.

“Manchester Yunayted” jamoasi “Everton” maydoniga safar qildi. Uchrashuvning 3-daqiqasidayoq maydon egalari oldinga o‘tib oldi, David de Xeaning xatosidan keyin Dominik Kelvert-Lyuin hisobni ochdi. 31-daqiqada Brunu Fernandesh uzoq masofadan darvozani ishg‘ol qilib muvozanatni tikladi va shu hisob bahs yakuniga qadar o‘zgarmadi.

Joze Mourinyo qo‘l ostidagi “Tottenhem” o‘z maydonida “Vulverhempton”ni qabul qildi. Uchrashuvda ikki bor oldinda borgan londonliklar oxir oqibat mag‘lubiyatni tan olishga majbur bo‘ldi. Steven Bergveyn va Serj Oryening gollariga “bo‘rilar” Mett Doerti, Diogu Jota va Raul Ximenes kiritgan to‘plar bilan javob berdi.

Mazkur natijalardan keyin “Manchester Yunayted” 42 ochko bilan 5-o‘rinni saqlab qoldi. “Tottenhem” (40) esa ushbu pog‘onaga ko‘tarilib olish imkoniyatini qo‘ldan chiqardi. “Vulverhempton” (39) 8-pog‘onaga ko‘tarildi.

APL

28-tur bahslari

1-mart, yakshanba

Gollar: 1:0 – 13 Bergveyn, 1:1 – 27 Doerti, 2:1 – 45 Orye, 2:2 – 57 Diogu Jota, 2:3 – 73 Ximenes.

Gollar: 1:0 – 3 Kelvert-Lyuin, 1:1 – 31 Brunu Fernandesh.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют