» » Bag‘doddagi “yashil hudud” raketalar zarbasiga uchradi

Bag‘doddagi “yashil hudud” raketalar zarbasiga uchradi


2-martga o‘tar kechasi Bag‘doddagi “yashil hudud”ga ikkita raketa kelib tushdi. Bu haqda Iroq xavfsizlik xizmatidagi manbasiga tayanib, Al Sumaria telekanali xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, raketalar poytaxtning markaziy qismiga, davlat muassasalari va xorij elchixonalari, xususan, AQSh elchixonasi joylashgan hukumat dahasi (“yashil hudud”) yaqiniga kelib tushgan.

Ko‘ngilsiz hodisa oqibatida hech kim halok bo‘lmagan. Raketalar Bag‘dod sharqidagi hududdan zalp o‘t ochish tizimidan uchirilgan.

Al Arabia telekanalining ma’lumotlariga ko‘ra, raketalar soni to‘rtta bo‘lgan va ulardan biri Amerika elchixonasi yaqiniga kelib tushgan.

Mavzuga doir: Iroqdagi AQSh foydalanadigan harbiy bazaga raketa zarbalari berildi

Eslatib o‘tamiz, fevral oyining o‘rtalaridan ham Bag‘doddagi AQSh elchixonasiga raketa zarbalari berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют