» » O‘zbekiston koronavirus sabab Afg‘oniston va Eron bilan ham aviaqatnovlarni vaqtinchalik to‘xtatdi

O‘zbekiston koronavirus sabab Afg‘oniston va Eron bilan ham aviaqatnovlarni vaqtinchalik to‘xtatdi


Koronavirusning O‘zbekiston hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida 1-mart kunidan Afg‘oniston, Eron va Italiya bilan aviaqatnovlar vaqtinchalik to‘xtatildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, COVID-19 koronavirusning O‘zbekiston hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida mamlakat Transport vazirligi Afg‘oniston, Eron va Italiya aviatsiya idoralari va kompaniyalarini 1-mart kunidan boshlab mazkur davlatlar bilan aviaqatnovlarning vaqtinchalik to‘xtatilganligi to‘g‘risida rasman xabardor qildi.

Bildirilishicha, O‘zbekiston tomoni koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyatning barqarorlashishi bilan mazkur mamlakatlar aviakompaniyalarining mavjud slotlari qayta tiklanishiga kafolat berilishini tasdiqladi.

O‘zbekiston fuqarolariga Afg‘oniston, Eron va Italiyadagi holatning yaxshilguniga qadar ushbu mamlakatlarga borishdan tiyilib turishlari tavsiya etilgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda Tashqi ishlar vazirligi xorijda, jumladan, koronavirus bilan og‘rigan bemorlar aniqlangan davlatlar hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga zarur holatlarda mamlakatning chet eldagi diplomatik vakolatxonalariga murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan.

Mavzuga doir: Toshkentdan Jidda va Madinaga bo‘lgan aviaqatnovlar vaqtinchalik to‘xtatildi

Avvalroq, Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 1-mart kuni Seuldan Toshkentga Janubiy Koreyadagi O‘zbekiston fuqarolarining ilk guruhi qabul qilgani haqida xabar berilgandi. Milliy aviakompaniya 1-martdan boshlab Janubiy Koreyada koronavirus avj olishi sababli Seulga bo‘lgan qatnovlarni vaqtincha to‘xtatib turgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Uzbekistan Airways Yaponiya va Italiyada koronavirus avj olishi sababli Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 2020-yilning 1-martidan boshlab Tokio va Rimga bo‘lgan yo‘nalishdagi qatnovlarni vaqtincha to‘xtatgani ma’lum qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2020, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют