» » AddReality: muvaffaqiyatni vizuallashtirish

AddReality: muvaffaqiyatni vizuallashtirish


Hamma joyda reklama: boshingizni ko‘tarishingiz bilan — nigohingiz bilbordga tushadi, yo‘lga qarashingiz bilan — yorqin reklama e’loni tushirilgan avtobus o‘tib qoladi. Reklama har bir qadamimizga hamrohlik qiladi: uylar, ofislar, do‘konlar, jurnallar, odamlar. Bu oqimni to‘xtatib bo‘lmaydi, konveyer tizimi ishonib bo‘lmas tezlik bilan o‘sishda davom etmoqda. Ammo bularning barchasi “men buni allaqachon ko‘rganman” qabilidagi taassurotni uyg‘otuvchi bir qolipdagi narsalar. Biroq Star Screen kompaniyasi O‘zbekistonga yangi narsani olib keldi: u ekranlar va planshetlardagi interaktiv reklamani boshqaruvchi AddReality platformasining rasmiy sherigiga aylandi.

Digital Signage (matnli va videoli axborotni elektron tashuvchilarda aks ettirish) bilan bizning reklama bozorimiz juda yuzaki tarzda tanish, uni faqat savdo markazlaridagi ekranlar va mahalliy uyali aloqa operatorlaridan birining binosiga o‘rnatilgan proyektor orqaligina bilamiz. Bu orada butun dunyo bo‘ylab Digital Signage marketingning eng samarali vositalaridan biri sifatida tan olingan. O‘zingiz o‘ylab ko‘ring: doimiy ravishda o‘zgarib turuvchi kontent maksimal tarzda diqqatni tortadi, mazmunning erkin almashishi esa dinamiklik baxsh etadi. AddReality platformasi kontentni yaratish va uni boshqarishda yordam beradi, ma’lumotlarni to‘playdi va auditoriyani tahlil qiladi. Siz bitta mediarejadan foydalanib, hatto minglab qurilmalarni masofadan boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

AddReality konversiyani oshiradi. Platforma yordamida kampaniyalar, auditoriyalar, ko‘rishlar va foydalanuvchilar tarixlari bo‘yicha hisobotlarni o‘rganish mumkin, bundan tashqari, mediarejalashtirish uchun prognozlardan foydalanish imkoni mavjud.

Shubhasiz afzalligi shundaki, AddReality platformasi Tas-Ix zonasida ishlaydi va qurilmani dunyoning istalgan nuqtasida turib boshqarish imkoniyatini beradi. Jins va yoshdan kelib chiqib targetlash imkoniyatining borligi esa reklamaning samaradorligini bir necha barobar oshiradi.

Platformadan foydalanish mumkin bo‘lgan sohalar ko‘lami ulkan: brendlar va chakana savdo, banklar, moliya muassasalari, savdo markazlari, kinoteatrlar, AYoQSh, avtoservis, restoran va kafelar, tibbiyot markazlari — bu o‘z faoliyati samaradorligini oshirishi mumkin bo‘lgan sohalarning hali to‘liq ro‘yxati emas.

Rossiya bozorida monobrend riteylda bu vosita joylardagi reklama uchun xarajatlarni kamaytiradi, bitta savdo nuqtasida 10 000 rubldan boshlanadigan mablag‘ni tejash imkonini beradi, multibrend riteylda esa reklamani yetkazib beruvchilarga sotish hisobiga savdo maydonidan keladigan daromadni oshirish imkoniyatini yaratadi. O‘zbekistonda bu platforma endigina ish sur’atlarini oshirmoqda. Dastur qanchalik muvaffaqiyatli ekanligini tushunish uchun uni joriy qilish kerak. Bizda mantiq shunday tuzilganki, nimanidir amalda qo‘llashni istash uchun bizga kimningdir ijobiy tajribasi kerak. Shu yerda Rossiyada AddReality platformasida ishlab kelayotgan kompaniyalar haqida gapirib berish o‘rinli bo‘ladi: LUKOIL, L’Oreal, Riv Gosh, Biotherm, Nike va yana 50 dan ortiq kompaniyalar dastur ishining afzalligini sifatli Digital Signage vositasi sifatida yuqori baholashga ulgurgan.

Nazarimizda O‘zbekistonda reklama haqidagi tasavvurni o‘zgartirish vaqti keldi. Buni AddReality bilan birgalikda amalga oshirishni boshlang.

Platforma haqida batafsil ma’lumotni quyidagi telefon raqamlari: +(95) 145-40-04; +(95) 145-40-05

yoki ushbu saytlar orqali olish mumkin: www.starscreen.uz; www.addreality.ru

Reklama huquqi asosida

Опубликовано: admin (12-04-2017, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 51) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют