» » Luis Enrike: Kambekdan umid qilish hozirgisidan ko‘ra “PSJ” bilan o‘yindan keyin osonroq edi

Luis Enrike: Kambekdan umid qilish hozirgisidan ko‘ra “PSJ” bilan o‘yindan keyin osonroq edi


“Barselona” klubi bosh murabbiyi Luis Enrike “Yuventus”dan uchralgan 0:3 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyin o‘z fikrlarini bildirdi.

Natijaning qanchalik haqqoniy ekani hech qanday ahamiyatga ega emas.

Biz birinchi bo‘lim dahshatli darajada ilojsiz qoldik, xuddiki “PSJ”ga qarshi o‘yinning uchinchi taymida o‘ynayotgandek.

Futbolchilarning pozitsiyasi borasidagi muammolar menga tegishli. Biz “Yuventus”dek raqibga qarshi umuman boshqacha, yanada jonliroq va yaxshiroq futbol namoyish qilishimiz kerak edi.

Luis Enrike, “Barselona” bosh murabbiyi

Kataloniyaliklar ustozining fikrlariga ko‘ra, garchi “Yuventus” birinchi o‘yinida Parij klubdan kamroq gol urgan bo‘lsa-da, kambek uchun umid o‘sha safargiga qaraganda kamroq.

Biz qaysi jabhalarda oqsaganimiz haqida o‘ylab olishimiz kerak. Hozir kambekdan umid qilish “PSJ” bilan birinchi o‘yindagidan ko‘ra og‘irroq.

Men dahshatli hislarni boshdan o‘tkazmoqdaman, buni so‘z bilan ifodalash qiyin. Biz ikkinchi bo‘limda yaxshiroq o‘ynadik, ammo raqib ham shunday qildi. Ikkinchi bo‘limda o‘zimizga kelib olgandek ko‘rinsak-da, men hali ham birinchi bo‘limdagi dahshatni unuta olmayapman.

Luis Enrike, “Barselona” bosh murabbiyi

Ma’lumot uchun, “Barselona” 19-aprel kuni o‘z maydonida “Yuventus”ni qabul qiladi.

Опубликовано: admin (12-04-2017, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют