» » O‘zbekistonning bir necha banklarida avtokreditlar berish sharti o‘zgardi

O‘zbekistonning bir necha banklarida avtokreditlar berish sharti o‘zgardi


O‘zbekistonda 2020-yilning yanvar oyidan boshlab avtokredit berish shartlari bir vaqtning o‘zida bir necha banklarda o‘zgardi, deb yozmoqda Spot.

Yanvar oyida O‘zbekistonda so‘mli kreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi sezilarli darajada  — 25,8 foizgacha oshdi. Taqqoslash uchun, o‘tgan yilning yanvar oyida bu ko‘rsatkich 22,6 foiz bo‘lgan. Markaziy bankda bu avtokreditlar bilan izohlangan.

“2020 yil yanvar oyida foiz stavkasining o‘sishi kreditlarning umumiy hajmida foiz stavkalari yuqori bo‘lgan avtokreditlar ulushining ko‘paygani bilan izohlanadi”, — deb ta’kidlangan Markaziy bankda.

Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston banklaridagi avtokreditlar haqida ma’lumot so‘nggi marta yanvar oyida e’lon qilingan. Avtokredit berish shartlari ikki oy ichida bir necha banklarda o‘zgarishga ulgurgan.

2020-yilning mart oyida 20 ta bank avtokreditlarga bo‘lgan yuqori talabni qondirishga tayyor (yanvar oyida bunga 16 ta bank tayyor bo‘lgan).

Ularning barchasida oldindan to‘lov amalga oshirilishi lozim. Qoidaga ko‘ra, u avtomobil narxining 30 foizini tashkil etadi, undan kamroq yoki ko‘proq bo‘lishi ham mumkin.

Bir nechta banklar turli xil avtokreditlar taklif qilmoqda. Ular bo'yicha foiz stavkasi omonat miqdori va kredit berish muddatiga qarab o‘zgaradi.

Eslatma: ushbu ma’lumot xabar e’lon qilingan vaqtda amal qiladi va faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan bo‘lib, investitsiya yoki boshqa harakatlarga rag‘bat sifatida ishlatilishi mumkin emas. Kredit shartlari o‘zgarishi mumkin. Shu sababli kredit olmoqchi bo‘lgan vaqtda banklarning o‘ziga murojaat etib aniqlashtirish lozim.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 17) ( 0) ( 17) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют