» » “Paxtakor”— “Navbahor” bahsi hakamligi ko‘rib chiqiladi, hakamni haqoratlagan Solovyov va matbuot anjumaniga kelmagan Baqoyevga chora ko‘riladi

“Paxtakor”— “Navbahor” bahsi hakamligi ko‘rib chiqiladi, hakamni haqoratlagan Solovyov va matbuot anjumaniga kelmagan Baqoyevga chora ko‘riladi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 1-tur uchrashuvlari yakunlandi. O‘FA tartib-intizom qo‘mitasi ushbu turda ro‘y bergan ba’zi bahsli holatlarni ko‘rib chiqadi. Bu haqda O‘zPFL direktor o‘rinbosari Diyor Imomxo‘jayev xabar berdi.

“Paxtakor” — “Navbahor” (2:1) uchrashuvi hakamligi bo‘yicha O‘FA Hakamlik-inspektorlik qo‘mitasi yig‘ilish o‘tkazadi. “Navbahor”ning rossiyalik legioneri Ivan Solovyov O‘FA hakamiga nisbatan haqoratli fikr bildirgan. Bu masala O‘FA Etika qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

“Qizilqum” — “Nasaf” (1:3) uchrashuvida mezbonlar shtabi texnik zonada uyali aloqa vositasidan foydalangan hamda reglamentning 9.13 bandini buzgan. Bunga nisbatan chora ko‘riladi.

“So‘g‘diyona” klubi bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev “Mash’al”ga qarshi uchrashuvdan (0:3) so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etmagan va reglamentning 9.17 bandini buzgan. Bunga nisbatan chora ko‘riladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют