» » Samarqandda ko‘chada yalang‘och yurgan erkaklar jazolandi

Samarqandda ko‘chada yalang‘och yurgan erkaklar jazolandi


Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahri ko‘chalarida kiyimsiz yurgan erkaklarning videosi tarqalgandi. “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayevning xabar berishicha, videodagi erkaklar shaxsi aniqlandi va ular mayda bezorilik sodir etganlikda aybli deb topilib, ma’muriy qamoq jazosiga hukm qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, 29-fevral, shanba kuni, soat taxminan 23:00 atrofida Jomboy tumanida tug‘ilgan fuqarolar Samarqand shahridagi Turkiston hamda Amir Temur ko‘chalari kesishmasida yalang‘och holda yurgan. 1-mart, yakshanba kuni, soat 00:30 da Samarqand shahar IIO FMB xodimlari tomonidan navbatchilik qismiga keltirilgan fuqarolar shaxsiga aniqlik kiritilgan. Aytilishicha, shahar ko‘chasida yurib, mayda bezorilik sodir etgan shaxslar 1976-yil Jomboy tumanida tug‘ilgan J.N., 1992-yilda tug‘ilgan O‘.T. ekanligi aniqlangan. Shuningdek, 1979-yilda tug‘ilgan jomboylik X.D. ularni o‘z avtomashinasiga mindirgan.

Fuqaro J.N. “Daryo” muxbiri bilan suhbati davomida 29-fevral kuni hamqishlog‘i O‘.T. bilan spirtli ichimlik iste’mol qilganini aytib, ko‘chada nima qilganini anglamaganini ta’kidlamoqda.

— Spirtli ichimlik ichib, o‘zimiz bilmagan holda Samarqand shahrida hamqishlog‘im bilan shu ishni qilganmiz. Biz juda ko‘p ichganmiz. O‘zimiz ham nima ish qilganligimizni bilmaganmiz. Avval qishloqda, so‘ng shaharga kelib yana ichganmiz. Ammo shaharning qayerida ichganligimizni ham eslay olmayman. Hatto shaharga qanday kelganimni bilmayman. Kallam “kantyujen” bo‘lib qolgan edi (Joyida emas demoqchi, tahririyat). Nima qilayotganligimizni bilmaganmiz. “Zapis” umuman ishlamagan, — deydi J.N. — Bizlar ikki kishi edik. Hech qanday garov o‘ynamaganmiz. Bu yerda pul o‘ynalmagan. Nima ish qilganimizni o‘zimiz bilmaganmiz. Bizni olib ketmoqchi bo‘lgan haydovchining gapiga quloq solmasdan tentaklik qilganmiz. Men O‘zbekiston xalqidan kechirishlarini so‘rayman. Qilgan ishimdan pushaymonman.

Voqeaning yana bir ishtirokchisi O‘.T.ning ta’kidlashicha, u hamqishlog‘i J.N. bilan dastlab Jomboy tumanidagi Juriyat qishlog‘ida joylashgan oshxonada ko‘p miqdorda spirtli ichimlik iste’mol qilgan. So‘ng Samarqand shahridagi Sartepa massiviga kelib, bu yerda ham ichishni davom ettirgan. Kech soat taxminan 23:00 atrofida J.N. bilan Sartepa massivida yalang‘och holatda yurgan.

— Shaharning qayerida spirtli ichimlik ichganimizni eslolmayman. Garov o‘ynamaganmiz, mast holatda shu ishni qilganmiz. Ko‘chada yalang‘och yurganimni o‘zim bilmayman. Faqat videoda ko‘rdim. Biz mast bo‘lib qolgandik. Olib ketish uchun haydovchini chaqirtirgandik. Qolganini eslay olmayman, — deydi O‘.T. — Qilgan ishimdan pushaymonman. O‘zbekiston xalqidan qilgan ishim uchun chin ko‘ngildan kechirim so‘rayman.

Holat yuzasidan o‘zining mashinasida ikki nafar yalang‘och fuqaroni mindirgan, keyinchalik olomon qurshovida qolgan haydovchi X.D. bilan suhbat jarayonida u hamqishloqlari J.N. va O‘.T. soat 23:00 atrofida qo‘ng‘iroq qilib, Samarqand shahridan olib ketishini so‘raganligini bildirdi.

— Men ularni olib ketishga kelgandim. Ular mast holatda edi. Mashinamda olib ketaman degan paytimda ular kiyimlarini yechib, bu svetofordan keyingi svetoforgacha yalang‘och holatda boramiz deyishdi, — deydi X.D. — Men ularni qaytarishga harakat qildim. Ammo mening gapimga quloq solmadi. Ikkalasiga kuchim yetmadi. Ular keyingi svetoforning oldidan olib ketasan deyishdi. Svetofor tagiga kelganimda ikkalasi mashinaga mindi. Shu vaqtda boshqa haydovchilar kelib bizni to‘xtatishdi. Men bu qilgan ishimdan pushaymonman. Men ularni qaytara olmaganim uchun butun O‘zbekiston xalqidan kechirim so‘rayman.

Samarqand viloyat IIB axborot xizmati rahbari Jahongir Sagdullayevning ma’lum qilishicha, Samarqand shahar Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudining 2020-yil 2-mart kunidagi qaroriga asosan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik)da ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etganliklari uchun fuqaro J.N.ga 15 sutka muddatga, fuqaro O‘.T.ga 15 sutka muddatga, fuqaro X.D.ga 10 sutka muddatga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют