» » Chiroqchi IIBdagi fuqaroning urib o‘ldirilishi ishida yana 13 nafar xodimning qo‘li borligi ma’lum qilindi

Chiroqchi IIBdagi fuqaroning urib o‘ldirilishi ishida yana 13 nafar xodimning qo‘li borligi ma’lum qilindi


Qashqadaryoning Chiroqchi tumanida mol o‘g‘riligida gumon qilingan 32 yoshli Yusuf Abdurahmonov 22-yanvar kuni IIB xodimlari tomonidan kaltaklanishi oqibatida vafot etgan edi. Hodisadan so‘ng Chiroqchi IIBning ikki nafar xodimi qo‘lga olingani haqida xabar berilgan edi.

Marhum Yusuf Abdurahmonovning akasi Shuhrat Abdurahmonovning “Daryo” muxbiriga ma’lum qilishicha, uning ukasi bilan bir kunda IIB xodimlari tomonidan ayovsiz kaltaklangan ota-bola — Qurbon Ostonayev va Bahrom Avliyoqulov 1-mart kuni Chiroqchi prokuraturasiga chaqirilgan.

Ayovsiz kaltaklangan ota-bolaga tergovchilar tomonidan 60 ga yaqin IIB xodimining surati ko‘rsatilgan. “Ular ko‘rsatilgan rasmlardan 13 nafar xodimni tanigan. Viloyat prokuraturasidan Ilhom ismli tergovchi o‘sha 13 nafar IIB xodimi ham tergovga jalb qilinishini aytgan”, — dedi marhumning akasi.

Eslatib o‘tamiz, Chiroqchi IIBdagi shov-shuvli voqeadan so‘ng Qashqadaryo viloyati IIB o‘rinbosari vijdoni qiynalib ishdan ketgan, qamoqqa olingan ikki nafar IIB xodimidan biri esa Chiroqchi tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 4-son IIB boshlig‘i ekani aytilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют