» » Shavkat Mirziyoyev 1-apreldan boshlab Toshkentdan propiskasiz uy olishga ruxsat beruvchi farmonni imzoladi. Propiskasizlar uchun alohida boj bekor qilinadi

Shavkat Mirziyoyev 1-apreldan boshlab Toshkentdan propiskasiz uy olishga ruxsat beruvchi farmonni imzoladi. Propiskasizlar uchun alohida boj bekor qilinadi


Prezident Shavkat Mirziyoyev “2017—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini ‘Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili’da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Prezident farmonida belgilanishicha, 2020-yil 1-apreldan boshlab Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ko‘chmas mulkni olishda O‘zbekiston fuqarolari uchun ushbu hududlarda doimiy propiskaga ega bo‘lish talab qilinmasligini ko‘zda tutuvchi tartib joriy etiladi.

Ayni vaqtda, O‘zbekistonda doimiy istiqomat qiluvchi va respublikaning boshqa hududlarida doimiy propiskaga ega bo‘lgan fuqarolar tomonidan Toshkentda yangi qurilgan uylarda ko‘chmas mulk oldi-sotdisi shartnomalarini rasmiylashtirish uchun davlat bojining alohida stavkasini bekor qilinadi.

Prezident Oliy Majlis palatalari, Vazirlar Mahkamasi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa vazirlik va idoralarga 1-aprelga qadar ushbu ko‘rsatmalar bajaralishini nazarda tutuvchi hujjat loyihalarini ishlab chiqish haqida topshiriq bergan.

Farmonda alohida ta’kidlanishicha, ushbu o‘zgarishlar “keng jamoatchilik istaklarini va xalqaro ekspert jamoatchiligi tavsiyalarini inobatga olgan holda” amalga oshirilmoqda; ushbu o‘zgarishlarni amalga oshirish haqidagi taklif, qayd etilishicha, Oliy Majlis palatalari, Vazirlar Mahkamasi va Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz tomonidan berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют