» » Italiyadan qaytgan rossiyalik erkakda koronavirus aniqlandi

Italiyadan qaytgan rossiyalik erkakda koronavirus aniqlandi


Italiyadan qaytgan Rossiya fuqarosi koronavirusga chalingani aniqlandi, deb xabar bermoqda “RBK”.

Ma’lum bo‘lishicha, erkak 21-fevral kuni Italiyada dam olayotgan vaqtida kasallangan. Rossiyaga 23-fevral kuni qaytib kelgan va Moskva viloyatidagi xususiy uyida yashagan.

Kasalxonaga O‘RVI belgilari bilan 27-fevral kunni murojaat qilgan va yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

Qayd etilishicha, unda kasallik yengil shaklda kechmoqda. U bilan aloqada bo‘lgan odamlar ham kasalxona yoki uyda tibbiy nazorat ostida bo‘lib turibdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 88 ming kishidan oshib ketdi. Virus oqibatida vafot etganlar soni 3 041 kishiga yetgan, 42 mingdan ortiq bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют