» » O‘zbekistonda fevral oyi uchun “Palov indeksi” ma’lum qilindi

O‘zbekistonda fevral oyi uchun “Palov indeksi” ma’lum qilindi


O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatdagi eng qimmat palov Samarqand viloyatida bo‘lib, uning bir kilogrammi 116 669 so‘mni tashkil qiladi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda “Palov indeksi” shakllantiriladi: Hududlarda bir porsiya palov qanchadan sotilayotgani ma’lum qilindi

Qo‘mita tomonidan tayyorlangan 2020-yilning fevral oyi uchun viloyat markaziy hududlari kesimida tayyor palovning o‘rtacha narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotga ko‘ra, Buxoro viloyatida palovning bir kilogrammi 112 000 so‘m turadi. Toshkent shahrida esa bir kilogramm palov 106 750 so‘mga baholanadi.

Fevral oyi uchun e’lon qilingan “Palov indeksi”ga ko‘ra, eng arzon palov Namangan viloyatida bo‘lib, uning bir kilogrammi 77 000 so‘m turadi. Surxondaryo viloyatida esa bir kilogramm palov narxi 82 600 so‘mni tashkil qilsa, Qoraqalpog‘istonda 85 169 so‘mni tashkil etadi.

Qayd etilishicha, Statistika qo‘mitasi ma’lumotlari shakllanishi jarayonida faqatgina tanlab olingan umumiy ovqatlanish muassasalaridagi, osh markazlaridagi palovning o‘rtacha narxlari hisobga olingan bo‘lib, restoran va choyxonalardagi narxlar inobatga olinmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2020, 22:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют