» » Koronavirus sababli Moskvada ommaviy ravishda odamlarning tana harorati tekshirilmoqda

Koronavirus sababli Moskvada ommaviy ravishda odamlarning tana harorati tekshirilmoqda


Moskvada koronavirus sababli ish beruvchilarga o‘z xodimlarining tana haroratini tekshirish tavsiya qilinmoqda. Moskvada ommaviy ravishda aholining tana haroratini o‘lchash boshlandi. Bu haqda Moskva meri Sergey Sobyanin o‘z blogida ma’lum qildi.

Bundan tashqari bolalar bog‘chalarida har kuni bolalarning haroratini o‘lchash joriy qilinmoqda. Shuningdek, Moskva metrosi yo‘lovchilarining ham tana harorati tanlov asosida o‘lchanadi.

Shahar merining ma’lum qilishicha, Moskvada kasallik aniqlangan birinchi kishi bilan aloqada bo‘lgan 24 kishi kasalxonaga yotqizilgan. Ular bemorning olti nafar qarindoshi, besh nafar do‘sti hamda u bilan Italiyadan bitta reysda uchib kelgan 13 kishi hisoblanadi. Bundan tashqari, yana 83 kishi karantinga joylashtirilgan.

Sobyaninning qayd etishicha, pnevmoniyaga chalingan barcha koronavirus bo‘yicha tekshiruvdan o‘tkazilmoqda. Ularni davolash uchun alohida bo‘lim ajratilgan.

Italiyadan Moskvaga qaytgan Rossiya fuqarosi David Berovda koronavirus aniqlangani haqida 1-mart, yakshanba kuni, ma’lum qilingan. “Rospotrebnadzor” mazkur ma’lumotni tasdiqlagan.

Avvalroq Putin Rossiyada koronavirusga qarshi kurash davlat nazorati ostida ekanini ma’lum qilgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 88 ming kishidan oshib ketdi. Armanistonda koronavirus yuqtirib olish bo‘yicha birinchi holat, Avstraliyada koronavirus bilan bog‘liq birinchi o‘lim holati qayd etildi. AQShda koronavirusdan ikkinchi kishi vafot etdi.

Mavzuga doir: “Daryo” oqshomi: Xitoy koronavirusi bo‘yicha 2-martning asosiy xabarlari

Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoyda so‘nggi bir sutka ichida 42 ta o‘lim holati qayd etilgan bo‘lib, yana 202 kishida koronavirus aniqlangan. Mamlakatda umumiy hisobda kasallanganlar soni 80 026 kishiga yetdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 73) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют