» » Moskva shahri meri koronavirus sabab 24 nafar rossiyalikning kasalxonaga yotqizilganini e’lon qildi

Moskva shahri meri koronavirus sabab 24 nafar rossiyalikning kasalxonaga yotqizilganini e’lon qildi


Moskvada koronavirus yuqtirib olgan bemor bilan muloqot qilgan 24 nafar odam karantinga olindi. Bu haqda shahar meri Sergey Sobyanin ma’lum qilgan.

Shahar merining ma’lum qilishicha, Moskvada kasallik aniqlangan birinchi kishi bilan aloqada bo‘lgan 24 kishi kasalxonaga yotqizilgan. Ular bemorning olti nafar qarindoshi, besh nafar do‘sti hamda u bilan Italiyadan bitta reysda uchib kelgan 13 kishi hisoblanadi. Bundan tashqari, yana 83 kishi karantinga joylashtirilgan.

“Zarurat bo‘lganda, infeksiya tarqatuvchisi bo‘lgan odamlar bilan muloqot qilganlar, izolyatsiya qoidasini buzganlar doimiy tibbiy nazoratda bo‘lish uchun sanatoriyalarga joylashtiriladi. Sanatoriyalarda qulay sharoitlar, to‘rt mahal ovaqt va karantin talablariga mos qulayliklar yaratilgan”, — degan hokim.

Shuningdek, u koronavirus pnevmoniyaga chalingan barcha bemorlarda tekshirilayotgani va bu infeksiyaning o‘ta og‘ir formasi ekanligini qo‘shimcha qilgan. Ularni davolash uchun maxsus korpuslar ajaratilgan.

Koronavirus bo‘yicha vaziyatni nazorat va monitoring qiluvchi bosh vazir o‘rinbosari Tatyana Golikova rahbarlik qilayotgan tezkor shtab 2-mart kuni poytaxtga Italiyadan qaytib kelgan fuqaroda koronavirus qayd etilganini tasdiqlagan. U Rossiyaga 23-fevralda kelgan Podmoskovyega borgan, so‘ngi o‘tkir respirator virus infeksiya shikoyati bilan shifokorga murojaat qilgan. Keyinchalik uning koronavirus keltirib chiqargan pnevmoniya bilan hastalangani aniqlangan.

Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, bemor Rossiya futbol ittiffoqi xodimi David Berov bo‘lishi mumkin. Tezkor shtab ushbu ma’lumotni tasdiqlamagan, lekin inkor ham etmagan.

Avval Moskvada koronavirus sababli ish beruvchilarga o‘z xodimlarining tana haroratini tekshirish tavsiya qilinayotgani, ommaviy ravishda aholining tana haroratini o‘lchash boshlangani haqida xabar berilgan. Italiyadan Moskvaga qaytgan Rossiya fuqarosi David Berovda koronavirus aniqlangan va “Rospotrebnadzor” mazkur ma’lumotni tasdiqlagandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-03-2020, 08:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют