» » Ekspertlar jahon iqtisodiyoti koronavirus sabab ikki baravarga pastlashini prognoz qildi

Ekspertlar jahon iqtisodiyoti koronavirus sabab ikki baravarga pastlashini prognoz qildi


COVID-19 koronavirusining epidemiyasi dunyo iqtisodiyotining o‘sish sur’atini 2020-yilda ikki baravarga, ya’ni 1,4–1,5 foizga tushirib yuborishi mumkin. Bu haqda iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti ma’lum qilgan. “Koronavirus: dunyo iqtisodiyoti uchun tavakkalchilik” deb nomlangan hisobotda koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq ikki xil ssenariy taxmin qilingan: Osiyo-Tinch okeani mintaqasi, Yevropa va Shimoliy Amerikada tarqalgan kasallikning zarari hisob-kitob qilindi. Birinchi holatda jahon iqtisodiyotining o‘sishi 2019-yildagi 2,9 foizdan 2020-yilda 2,4 foizgacha sekinlaydi. Ikkinchi holatda esa global yalpi ichki mahsulotning o‘sishi sur’ati 1,4–1,5 foizgacha pastlashi mumkin. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

Kutilgan ssenariy sodir bo‘lib, virus asosan Xitoyda saqlanib qolgan taqdirda ham tashkilot prognoziga ko‘ra, 2020-yildagi iqtisodiy o‘sish (2,4 foiz) 2009-yildan beri kuzatilgan eng past ko‘rsatkichlarda bo‘ladi. 2009-yilda global YaIM 1970-yildan beri ilk bor pastlagandi. Ungacha esa yiliga 0,5 foizdan o‘rtacha 3 foizga o‘sib borgan.

Asosiy ssenariyda Xitoy va Gonkongda ichki talabning qisqarishi bilan bog‘liq shoklar, fond indekslari va 2021-yil boshigacha ishlab chiqarishga oid bo‘lmagan xomashyoning narxi pastlashi mumkin.

Tashkilot aytayotgan salbiy ssenariy (Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti uni domino deb nomlangan) taxminiga ko‘ra, koronavirusning tarqalishi Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga va Shimoliy yarim sharning rivojlangan mamlakatlariga ta’sir qiladi. Ushbu holatda epidemiya dunyo YaIMning 70 foiz qismini qamrab olgan mamlakatlarga kirib boradi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-03-2020, 08:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют