» » Yuventus oz uyida 48 oyindan buyon maglub bolmaydi. YeChLda Buffonga gol urish haqiqiy muammo

Yuventus oz uyida 48 oyindan buyon maglub bolmaydi. YeChLda Buffonga gol urish haqiqiy muammo


Ispaniyaning Barselona klubini yirik hisobda maglub etgan Turinning Yuventus klubi uy uchrashuvlari borasidagi statistikani yanada yaxshilab oldi.

Sports.runing qayd etishicha, keksa senyora oz maydonida ketma-ket 48 oyindan buyon maglub bolmaydi. Massimiliano Allegri shogirdlari qatorasiga 16 ta oyindan buyon Yuventus arenasida raqiblarini maglub etib kelmoqda. Bunda barcha turnirlar qoshib hisoblangan.

Maglub bolinmagan 48 ta oyinning 42 tasida Yuventus raqiblarini taslim qilgan. Qolgan 6 tasida esa durang oynagan.

Yuventusning 39 yoshli darvozaboni esa Chempionlar ligasining shu mavsumida ozidan kichik barcha darvozabonlar uchun ornak bolmoqda. Barselonaga qarshi oyindan keyin uning shu mavsum xalqaro maydondagi quruq oyinlari seriyasi 7 taga yetdi.

Yuventus guruh bosqichida jami 6 ta oyinda ishtirok etdi, pley-offda esa Portu bilan ikki marta, Barselona bilan bir marta toqnash keldi. Jami 9 ta oyinning 7 tasida gol otkazib yubormaslik esa har qanday darvozabon havas qilishi mumkin bolgan natijadir.

: admin (12-04-2017, 09:58)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -