» » Koronavirus Xitoydan tashqari yana 64 ta davlatda tarqaldi

Koronavirus Xitoydan tashqari yana 64 ta davlatda tarqaldi


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoydan tashqari koronavirus qayd etilgan davlatlar soni 64 taga yetdi, deb xabar bermoqda “RBK”.

Qayd etilishicha, 2-mart holatiga ko‘ra koronavirus paydo bo‘lgan davlatlar 6 taga ko‘paygan. Virusning Xitoydan tashqarida tarqalishi oqibatida 8 774 kishi kasallangan, 128 kishi vafot etgan.

Umumiy hisobda dunyoda 90 370 kishi koronavirusga chalingan bo‘lib, ularning 80 174 nafari Xitoyda. Kasallikka chalinganlar soni bo‘yicha Xitoydan keyingi o‘rinlarda Janubiy Koreya (4335), Italiya (2036) va Eron (1501) ketmoqda.

Avval Xitoyda sun’iy intellektning koronavirus yuqtirib olganlarni aniqlashda yordam berishni boshlagani, koronavirus bilan kasallanganlarni davolash uchun juda tez qurilgan maxsus shifoxonalarning birinchisi yopilgani, virusning tarqalishi Xitoyda zavod hamda fabrikalardan atmosferaga chiqayotgan chiqindilarning keskin kamayishga turtki bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Koronavirus sababli jahon yalpi ichki mahsulotining yo‘qotishlari 1 trln dollarga yetishi mumkin



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-03-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют