» » Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda koronavirus tarqalgani haqidagi xabarlarni rad etdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda koronavirus tarqalgani haqidagi xabarlarni rad etdi


Ijtimoiy tarmoqlarda koronavirus infeksiyasi O‘zbekistonga kirib kelgani haqida asoslanmagan xabarlar tarqalmoqda. Ushbu xabarlar mutlaqo yolg‘on bo‘lib, ayni paytga qadar respublikada koronavirus kasalligi umuman qayd etilmadi, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

“Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasiga yuqumli kasalliklar, jumladan, COVID-19 koronavirus infeksiyasi kirib kelishining oldini olish maqsadida davlat chegaralaridagi mavjud 53 ta sanitariya-karantin punktlarida qat’iy nazorat o‘rnatilgan. Ushbu punktlar zamonaviy tibbiy jihozlar bilan to‘liq ta’minlangan.

Aholi o‘rtasida koronavirus infeksiyasi bo‘yicha epidemiologik barqarorlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan barcha profilaktik va epidemiyaga qarshi nazorat tadbirlari Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan xalqaro tibbiy sanitariya talablari asosida amalga oshirilmoqda. Bu borada Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hamda mahalliy mutasaddi vazirlik va idoralar bilan ham hamkorikda tizimli faoliyat olib borilmoqda.

Afsuski, yuqoridagi kabi yolg‘on xabarlar aholining sarosimaga tushishiga sabab bo‘lmoqda. Shu bois Sog‘liqni saqlash vazirligi aholidan koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq vaziyatdan xavotirga tushmaslikni, agar ushbu holat bilan bog‘liq savollar bo‘lsa, vazirlik huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining (71) 276-46-65, (71) 276-49-66 telefon raqamlariga murojaat qilishni so‘raydi”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq O‘zbekistondagi barcha maktablarda koronavirusga qarshi choralar kuchaytirilishi haqida xabar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 1-martdan boshlab Janubiy Koreyada koronavirus avj olgani sababli Seulga bo‘lgan qatnovlar vaqtincha to‘xtatildi.

Mavzuga doir:

Shuningdek, Yaponiya va Italiyada koronavirus avj olishi sababli Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 2020-yilning 1-martidan boshlab Tokio va Rimga bo‘lgan yo‘nalishdagi qatnovlarni vaqtincha to‘xtatgani ma’lum qilingandi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoydan tashqari koronavirus qayd etilgan davlatlar soni 64 taga yetdi. Umumiy hisobda dunyoda 90 370 kishi koronavirusga chalingan bo‘lib, ularning 80 174 nafari Xitoyda. Kasallikka chalinganlar soni bo‘yicha Xitoydan keyingi o‘rinlarda Janubiy Koreya (4335), Italiya (2036) va Eron (1501) bormoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-03-2020, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 74) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют