» » Moskvada 3 808 384 ta yengil mashina qayd etilgan. Ularning 82 foizini xorijiy avtomobillar tashkil etadi 

Moskvada 3 808 384 ta yengil mashina qayd etilgan. Ularning 82 foizini xorijiy avtomobillar tashkil etadi 


“Avtostat-Info” tahlil agentligi ekspertlari Moskvada ro‘yxatdan o‘tkazilgan barcha avtomobillarni qayta sanab chiqdi, deb yozadi Motor.

Tahlilchilarning so‘zlariga ko‘ra, Moskva shahrida 3 808 384 ta yengil avtomobil qayd etilgan. Joriy 2020-yilning boshida avtomobillarning umumiy sonining 82,6 foizini (3 146 361 ta) xorijiy avtomobillar tashkil etgan. Moskvaliklarning 17,4 foizi (662 023 ta avtomobil) Rossiyada ishlab chiqarilgan avtomobillarda yuradi.

Qayd etilishicha, moskvaliklar o‘rtasida eng ommabop mashina bu Ford Focus avtomobilidir. Shaharda 89 337 ta shunday avtomobil qayd etilgan. Ro‘yxatning ikkinchi o‘rnini Koreyaning hamyonbop sedani Hyundai Solaris (85 715 ta), uchinchi o‘rnini esa Kia Rio (79 841 ta) egallagan.

Moskvaliklar o‘rtasida ommabop avtomobillar beshtaligiga Chexiyaning Skoda hamda Octaivia liftbeklari ham kirgan. Moskvada 73 746 ta bunday avtomobillar qayd etilgan. Shuningdek, Volkswagen Polo sedani ham 62 260 ta ko‘rsatkich bilan kuchli beshtalikdan o‘rin olgan.

Moskvada eng ommabop Rossiyada ishlab chiqarilgan avtomobil Lada 2109 bo‘ldi. U reytingda 61 031 ta ko‘rsatkich bilan oltinchi o‘rinni egallagan.

Yettinchi o‘rinni Nissan x-Trail yo‘ltanlamasi (54 953 ta avtomobil), sakkizinchi o‘rinni — Lada 2107 (54 928 ta avtomobil), to‘qqizinchi o‘rinni ham mahalliy model Lada 2106 (54 836 ta avtomobil) egalladi. Yaponiyaning Toyota Camry biznes sedani o‘ntalikka yakun yasaydi, Moskvada bunday avtomobildan 52 643 tasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Mavzuga doir: Fotogalereya: Yevropa davlatlaridagi eng ommabop mashinalar



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-03-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют