» » Zoir Mirzayev Mirishkorning so‘kong‘ich hokimi ishiga munosabat bildirdi

Zoir Mirzayev Mirishkorning so‘kong‘ich hokimi ishiga munosabat bildirdi


Bugun, 3-mart kuni, o‘tkazilgan Qashqadaryo viloyat hokimligidagi kengaytirilgan yig‘ilishda Zoir Mirzayev Mirishkor tumani hokimi Baxtiyor Rajabovning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan audiosi va Yakkabog‘ tumanidagi fermer ishchilari o‘rtasidagi nizolarga munosabat bildirdi. Bu haqda Nasafnews xabar bermoqda.

“Ish faoliyatimizning ko‘p qismi hokimlar va rahbarlarni tartibga chaqirish bilan o‘tib ketyapti. Mirishkorning zo‘ravon hokimi o‘z xatti-harakati bilan viloyat nomiga dog‘ tushirdi. Biror-bir hokimda yaxshi tashabbus ko‘rmaymiz, odamlarning turmush tarzini yaxshilash maqsadida ular taklif ham bermaydi. Afsuski, zamon o‘zgarayotganini siz rahbarlar sezmayapsizlar”, — degan u.

Zoyir Mirzayev, shuningdek, Yakkabog‘dagi fermer ishchisi ayollar ustiga kerosin sepib, yoqib yuborishga urinishi bilan bog‘liq holatni rahbarlarning uquvsizligi bilan bog‘lagan va tumanning ayrim mutasaddilari adolatsiz qaror chiqarganini tanqid qilgan.

Yig‘ilishda viloyat hokimi Mirishkor tumani hokimi Baxtiyor Rajabovning xatti-harakati Reglament va odob komissiyasi va deputatlar ishtirokida muhokama etilishi lozimligini ham aytib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani hokimi Baxtiyor Rajabovga tegishliligi aytilayotgan audioyozuvda hokim yig‘ilish ishtirokchilarini pul tushumlarini o‘z vaqtida ta’minlamagani uchun turli so‘zlar bilan haqoratlagani va so‘kkani, shuningdek, ba’zilarni urgani eshitilgan.

Mazkur audioyozuv bo‘yicha viloyat hokimligi munosabat bildirib, qonuniy ravishda chora ko‘rilishi, “Nega oddiy xalq xato qilsa, jazo yoki jarima, hokim xato qilsa, kechirim?” kabi tabaqalashtiruvchi gap-so‘zlar kelib chiqmasligi tarafdori ekanligi bildirilgan.

Shuningdek, Rasul Kusherbayev ham Mirishkor hokimi ishiga munosabat bildirib, “Kim bo‘lishidan qat’i nazar tuban inson ekanligini namoyon etibdi”, deb aytgan.

Hokim Baxtiyor Rajabovning o‘zi esa “Daryo” muxbiri  bilan bo‘lgan muloqotda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ovoz unga tegishli ekanligini tan olib, “So‘kkanim rost, ammo hech kimga qo‘l ko‘tarmadim”, degan.

Avvalroq Mirishkor tumani sobiq hokimi Ravshan Komilov dala maydonidan makkajo‘xori olayotgan otaxonni haqoratlagani uchun tanilgan va keyinroq bu ishi uchun uzr so‘ragan edi. Mazkur voqeadan ko‘p o‘tmay Ravshan Komilov o‘z lavozimidan ozod etilgan va uning o‘rniga amaldagi hokim Baxtiyor Rajabov tayinlangan. Mazkur tayinlovgacha viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Baxtiyor Rajabovga so‘nggi imkoniyat berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-03-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют