» » Yevropaning joriy yildagi eng yaxshi avtomobili nomi ma’lum bo‘ldi

Yevropaning joriy yildagi eng yaxshi avtomobili nomi ma’lum bo‘ldi


Peugeot 208 ikkinchi avlod xetchbeki har yili o‘tkaziladigan “Yevropaning eng yaxshi avtomobili” tanlovi g‘olibiga aylandi, deb xabar beradi Motor.

Yevropaning 23 davlatidan bo‘lgan 60 nafar jurnalistdan iborat hakamlarning ovoz berish jarayonlariga ko‘ra, Peugeot 208 markasi 281 ball to‘plagan. Ushbu avtomobil ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan Tesla Model 3 elektrokarini 39 ballga ortda qoldirdi.

Uchinchi o‘rin esa Porsche Taycan elektromobiliga (222 ball) nasib etdi. To‘rtinchi pog‘onadan Renault Clio xetchbeki (211 ball) o‘rin olgan bo‘lsa, kuchli beshlikka Ford Puma (209 ball) yakun yasadi. Undan keyingi o‘rinlarni Tayota Corolla (152 ball) va BMW 1-Seriel (133 ball) egalladi.

O‘tgan yili Yevropaning eng yaxshi avtomobili Jaguar I-Pace’ga nasib etgan. Unga qadar Volvo XC40, Opel Astra, Volkswagen Passat va Golf modellari ham ushbu nomga sazovor bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-03-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 79) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют