» » Boshqa shaharliklarga Toshkentda kvartiralar sotib olish va propiska olish uchun ruxsat beriladi

Boshqa shaharliklarga Toshkentda kvartiralar sotib olish va propiska olish uchun ruxsat beriladi


O‘zbekiston Adliya vazirligi boshqa shaharlar va mamlakatlarda yashovchilarga yangi qurilgan binolarda turar-joy sotib olish yo‘li orqali Toshkent shahri va viloyatida propiskaga ega bo‘lish imkonini berishni ko‘zda tutuvchi ikkita normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqdi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Norma izoh berishicha, birinchi hujjatda Soliq kodeksining 338-moddasidan jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli turar-joylar, kvartiralar, dachalar, garajlar va boshqa imoratlar, inshootlar, uy-joylarni begonalashtirish shartnomalarini tasdiqlash uchun davlat boji summasi ularning turar joy va umumiy maydonidan kelib chiqib hisoblanishi haqidagi umumiy qoidani olib tashlash taklif etilmoqda. Bu boshqa shaharliklar va chet elliklar tomonidan oldi-sotdi qiymatidan kelib chiqib davlat boji to‘lanishining yangi mexanizmini kiritish uchun kerak.

Ikkinchi loyiha Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasining “Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi mumkin bo‘lgan shaxslar — O‘zbekiston fuqarolari kategoriyalari ro‘yxati to‘g‘risida”gi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga qo‘shimchalar kiritadi.

Xususan, Toshkent shahri va viloyatida yangi qurilgan binolarda ko‘chmas mulk oldi-sotdisi bo‘yicha bitimlarni notarial tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni shuningdek poytaxtda doimiy propiskaga ega bo‘lmagan jismoniy shaxs  tomonidan yangi qurilgan binolardagi qiymati eng kam oylik ish haqining 2000 barobaridan kam bo‘lmagan ko‘chmas mulk bank hisobvaraqalari orqali hisob-kitob qilish yo‘li bilan sotib olinganida ham amalga oshirish taklif etilmoqda.

Ushbu summa evaziga ko‘chmas mulkni Toshkent shahri va viloyatiga O‘zbekistonning boshqa hududlaridan kelgan va ushbu hududlarda doimiy propiskasi bo‘lgan, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar yoki chet el fuqarolari sotib olishi mumkin.

Toshkent shahri va viloyatiga boshqa davlatlardan kelgan va istiqomat uchun guvohnomaga ega bo‘lgan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar shu yo‘l bilan poytaxt hududida propiskaga ega bo‘lish uchun yangi qurilgan binolardan Markaziy bankning bank hisobvaraqalari orqali hisob-kitob qilish yo‘li bilan shartnoma tuzilgan sanadagi kursi bo‘yicha 100 ming dollardan kam bo‘lmagan qiymatdagi ko‘chmas mulkni sotib olishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatidan yangi qurilgan ko‘chmas mulkni sotib olayotgani uchun rezidentlar va norezidentlar, ko‘chmas mulkning qiymatidan kelib chiqqan holda, 5—10 foiz miqdorda davlat boji to‘lashi ham kerak bo‘lishi 2017—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ko‘zda tutilgan.

Опубликовано: admin (12-04-2017, 10:28)
+3 (голосов: 3)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют