» » “Manchester Siti” 17 yoshli braziliyalik futbolchini sotib oldi. Unga “Barselona” ham da’vogar edi

“Manchester Siti” 17 yoshli braziliyalik futbolchini sotib oldi. Unga “Barselona” ham da’vogar edi


“Manchester Siti” klubi “Kuritiba” himoyachisi Yan Koutoni sotib oldi. Ingliz klubi o‘z rasmiy saytida 17 yoshli futbolchi transferini ma’lum qildi. Futbolchi yozda “shaharliklar” safiga kelib qo‘shiladi.

Kouto “Manchester Siti” bilan besh yillik shartnoma imzoladi. OAVda xabar qilinishicha, mankunianliklar transfer uchun 9 million yevro sarflagan, shuningdek, 6 million miqdorida bonus pullari ham nazarda tutilgan.

Koutoga “Barselona” ham xaridor bo‘lgan va futbolchi uchun 5 million yevro taklif qilgandi, biroq “Siti” katalonlarni ortda qoldirgan.

2020-yilning noyabr oyida futbolchi Braziliya yoshlar terma jamoasi bilan Jahon chempioniga aylangandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-03-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют