» » Ronalduning onasi shifoxonaga tushib qoldi. Ayol insultga chalingan bo‘lishi mumkin

Ronalduning onasi shifoxonaga tushib qoldi. Ayol insultga chalingan bo‘lishi mumkin


“Yuventus” hamda Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduning onasi Mariya Doloresh dush Santush shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Mirror xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 65 yoshli ayol 3-mart, seshanba tonggida bosh miyaga qon quyilishi ehtimoli bilan Madeyradagi shifoxonaga yotqizilgan.

Yaqin soatlar ichida Mariya Doloresh bir necha testlardan o‘tadi, shundan keyingina shifokorlar uning holati haqida yakuniy qaror qabul qiladi.

Eslatib o‘tamiz, mashhur futbolchining onasi 2007-yili ko‘krak bezi saratoni bilan og‘rib, kasallikni yengib o‘tgandi. 2019-yilda esa Mariya Doloresh yana hayot uchun kurashayotgani haqida ma’lum qildi va navbatdagi davolanish kurslarini o‘taydi.

Bu xabardan keyin Ronaldu 3-mart kuni Portugaliyaga uchib ketgan. O Jogo xabariga ko‘ra futbolchi 16:00 da (Toshkent vaqti bilan 21:00) Madeyraga qo‘nadi. 4-mart, chorshanba kuni “Yuventus” Italiya Kubogi ? finali doirasida “Milan”ga qarshi bahs olib boradi.

Krishtianu Ronaldu — oiladagi to‘rt farzandning kenjasi hisoblanadi. Futbolchining otasi Joze Dinish Aveyra 2005-yili hayotdan ko‘z yumgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-03-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют