» » O‘zbekistonda davlat siri deb hisoblangan ma’lumotlar ro‘yxati 2020-yil 1-sentabrgacha qayta ko‘rib chiqiladi

O‘zbekistonda davlat siri deb hisoblangan ma’lumotlar ro‘yxati 2020-yil 1-sentabrgacha qayta ko‘rib chiqiladi


“Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” davlat dasturi to‘g‘risidagi Prezident farmoniga muvofiq, O‘zbekistonda davlat siri deb hisoblangan ma’lumotlar ro‘yxati 2020-yil 1-sentabrga qadar qayta ko‘rib chiqiladi hamda keyinchalik u maxfiylikdan chiqariladi.

Farmonga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi xalqaro standartlarni inobatga olgan holda 2020-yil 1-sentabrga qadar davlat siri deb hisoblangan ma’lumotlar ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqish hamda keyinchalik uni maxfiylikdan chiqarish choralarini ko‘radi.

Qayd etilishicha, bu ishlar ilm va ma’rifat, axborot texnologiyalari, mehnat munosabatlari va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan axborotlarni olish imkoniyati asossiz ravishda cheklanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida amalga oshiriladi.

Qayd etish joizki, O‘zbekistonda ma’lumotlarning davlat siriga taalluqli bo‘lishi “Davlat sirlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun bilan tartibga solinadi. Davlat sirlari davlat va harbiy xizmatga doir sirlarga bo‘linadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-03-2020, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют