» » Tramp AQSh Suriya harbiy mojarosidagi ishtirokini kengaytirishni rejalashtirmaganini ma’lum qildi

Tramp AQSh Suriya harbiy mojarosidagi ishtirokini kengaytirishni rejalashtirmaganini ma’lum qildi


Vashington Suriya harbiy mojarosidagi ishtirokini kengaytirishni rejalashtirmagan. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”. 

“Biz Suriyaga bormaymiz. Men amalga oshirgan ishni aslida Obama ma’muriyati ancha avvalroq bajarishi kerak edi. O‘ylashimcha, Suriyada endi oldingiga qaraganda yaxshiroq bo‘ladi”, — deya ta’kidladi Tramp Fox Business telekanaliga bergan intervyusida. 

Tramp Qo‘shma Shtatlar Suriyada aynan qanday harakatlarni amalga oshirmasligiga aniqlik kiritmadi. 

Oldinroq Oq uy matbuot kotibi Shon Spayser kimyoviy hujumlar takrorlangan taqdirda AQSh Bashar Asad qo‘shinlari joylashgan manzillarga yangi zarbalar berishini bildirgandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (12-04-2017, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 85) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют