» » Deniel Starrij yozgacha futboldan chetlatildi

Deniel Starrij yozgacha futboldan chetlatildi


“Liverpul”  sobiq hujumchisi Deniel Starrij 2020-yilning 17-iyuniga qadar futboldan chetlatildi.

Sky Sports’ning xabar qilishicha, mazkur sanksiya futbolga oid har qanday faoliyat turiga taaluqli. Bundan tashqari, Starrij 150 ming funt miqdorida jarimaga ham tortilgan.

Angliya futbol assotsiatsiyasi futbolchini totalizatorga oid qoidalarni buzganlikda aybdor deb topgan. Uning amakivachchasi futbolchining transferiga pul tikkan.

Eslatib o‘tamiz, Starrij “Trabzonspor” klubi bilan amaldagi shartnomasini bekor qilgan. U yozda turk klubi bilan 3 yillik kelishuv imzolagandi.

Bunday holat Starrij bilan birinchi marta kuzatilmayapti. Qishki transfer mavsumida futbolchining qarindoshi Starrijning “Milan”ga o‘tishiga 10 ming funt tikkan, o‘sha vaqtda tomonlar kelishuvga yaqin edi. Biroq hujumchi “Vest Bromvich”ga ijara asosida yo‘l olgandi.

Avvalroq Starrij qarindoshiga “Sevilya”ga o‘tishi mumkinligini bildirgan va buning uchun 6 haftaga diskvalifikatsiya qilingan va 75 ming funt miqdorida jarimaga tortilgandi. Bu safar jarima miqdori ikki barobar ko‘paytirilgan, chetlatish muddati ham ko‘paygan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-03-2020, 22:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют