» » UEFA Millatlar Ligasining 2020/21-yilgi mavsum guruh bosqichiga qur’a tashlandi

UEFA Millatlar Ligasining 2020/21-yilgi mavsum guruh bosqichiga qur’a tashlandi


2020-yil, 3-mart kuni Niderlandiya poytaxti Amsterdam shahrida futbol bo‘yicha UEFA Millatlar Ligasi 2020/21-yilgi mavsumi guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ko‘?hna qit’?a terma jamoalari uchun o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘rnini egallagan hamda jamoalarga o‘z darajasi bo‘yicha teng bo‘lgan raqib bilan o‘ynash imkonini beruvchi mazkur musobaqa ikkinchi bor o‘tkaziladi.

Navbatdagi musobaqa 2022-yilgi Jahon Chempionatining saralash bosqichi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, terma jamoalarga final bosqichiga chiqish uchun qo‘shimcha imkoniyat taqdim qiladi.

Musobaqada Yevropaning 55 jamoasi ishtirok etadi. UEFA Millatlar Ligasi ilk mavsumidan keyin 2020/21 yilgi musobaqani yangi fortmatda o‘tkazish haqida qaror qabul qilingan edi. Unga ko‘?ra endilikda “A”, “B” hamda “C” Ligalarida 16 tadan jamoa qatnashsa, “D” Ligasida 7 ta jamoa o‘zaro bahs olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqaning amaldagi g‘olibi Portugaliya terma jamoasi hisoblanadi.

2020/21-yilgi Millatlar Ligasi guruh bosqichi qur’a natijalari bilan tanishing.

UEFA Millatlar Ligasi o‘yinlari taqvimi:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2020, 00:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют